O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY TARMOQLARDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING HUQUQIY TAVSIFI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

15.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Ushbu maqola barcha o‘z so‘z erkinligini va axborot xavfsizligini bilish uchun kirishayotgan o‘quvchi va huquqshunoslarga asoslangan. O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi huquqini ta'minlashning huquqiy mexanizmlarini o‘rganishga bag'ishlangan. Maqola O‘zbekiston Respublikasining raqamli jamiyatga o‘tishi va axborot erkinligi sohasidagi islohotlar jarayonidagi huquqiy asoslar va mexanizmlarni tahlil qiladi. O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g'risidagi qonunlar, internetni boshqarish va raqamli infratuzilma xavfsizligini ta'minlashga oid normativ huquqiy hujjatlar, shuningdek, jurnalistlik va matbuot erkinligi kabi masalalar maqolada ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda bu huquqiy mexanizmlarning amaliyotdagi samaradorligi va ularning yuzaga kelgan muammolar bilan bog'liq holatlar tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, O‘zbekistonda axborot erkinligini ta'minlash borasida mavjud yutuqlar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida xulosalar chiqaradi. O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi huquqini ta'minlash uchun huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligi muhokama qilinadi. Maqola davlat organlarining axborot siyosatidagi roli va jamiyatda demokratik jarayonlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritadi.

Keywords: axborot erkinligi, huquqiy mexanizm, axborot xavfsizligi, internet infratuzilmasi, kiberhujum, axborot siyosati,internetni boshqarish,raqamli islohotlar, kiberxavfsizlik strategiyasi va boshqalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor