BOLALIKNI O'G'IRLAB KETGAN GADJETLAR

25.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqola zamonaviy texnologiyalar va gadjetlarning jamiyatga salbiy ta'sirini, nomofobiya va gadjetomaniya kabi muammolarni tahlil qiladi. Mobil aloqa telefonlaridan chiqayotgan elektromagnit nurlar inson organizmiga turli xil salbiy ta'sirlar ko‘rsatmoqda. Bolalar va o‘smirlar orasida raqamli qurilmalarga haddan tashqari bog'lanish holati keng tarqalgan bo‘lib, bu psixologik, jismoniy va ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Maqolada gadjetlarga qaramlikning oqibatlari, shu jumladan virtual hayot tarzining haqiqiy bolalikni qanday siqib chiqarayotgani ilmiy asoslangan dalillar bilan ko‘rsatilgan. Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va psixologlarning bu boradagi vazifalari, profilaktik chora-tadbirlar va sog'lom raqamli odatlarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot davomida dunyo miqyosida olib borilgan izlanishlar, statistik ma'lumotlar va amaliy tavsiyalar asosida muammo ko‘lamining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Maqola jamiyatda tobora kuchayib borayotgan bu muammoni ijtimoiy, madaniy va pedagogik kontekstda tahlil etishga xizmat qiladi.

Keywords: Gadjetomaniya; raqamli qurilmalar; internetga qaramlik; virtual bolalik; telefonga qaramlik; ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazish; bolalar va texnologiya; ota-ona nazorati; psixologik salomatlik; real va virtual hayot; raqamli tarbiya; ijtimoiy chekinish; zamonaviy bolalik; kompyuter o‘yinlari; smartfon va bola, gadjet, mobil telefon, nomofobiya, qaramlik, eletromagnit maydon.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor