XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENT SHAHRI AHOLISI TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR

26.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri ham yoritiladi.

Keywords: Toshkent, XIX asr, XX asr boshlar, demografiya, migratsiya, rus bosqini, sanoatlashuv, shahar aholisi, ijtimoiy tarkib, milliy tarkib.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor