25.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri yoritilgan. Sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari, elektron hukumat va boshqa texnologik yangiliklarning iqtisodiy samaradorlikka qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola zamonaviy iqtisodiyotning yangi bosqichini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords: raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, elektron tijorat, kiberxavfsizlik, raqamli xizmatlar, O‘zbekiston, iqtisodiy islohotlar, “Raqamli O‘zbekiston – 2030”, innovatsiyalar, internet infratuzilmasi.