DUNYO TILLARIDA “NAVOIY” TAXALLUSINING YOZILISHI

24.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Navoiy” taxallusining dunyo tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot doirasida taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) Navoiy taxallusining turlicha qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta’sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada transliteratsiyaning turli standartlari — ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga intilingan.

Keywords: Alisher Navoiy, taxallus, transliteratsiya, chigʻatoy adabiyoti, orfografiya, bibliografik standartlar, madaniy identifikatsiya, arab yozuvi, oʻzbek lotin alifbosi, ALA-LC, ISO 9, VIAF.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor