SO'FI OLLOYORNING “SABOTUL OJIZIN” ASARIDAGI ILMIY ATAMALAR

20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida uchraydigan ilmiy atamalar tahlil etilgan. Asar o‘z davrining diniy, falsafiy va tibbiy bilimlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Ilmiy terminlarning ishlatilish shakli, ularning o‘rni va mazmuni maqola asosida o‘rganilgan. Shuningdek, So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida qo‘llanilgan ilmiy atamalar morfologik (so‘z yasash va tuzilish) hamda semantik (ma’no) jihatdan tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan arabcha va forscha kelib chiqishga ega bo‘lgan ilmiy tushunchalar o‘zbek tilidagi ishlatilish shakllari bilan solishtirilib, ularning lug‘aviy va uslubiy qiymati aniqlanadi. Atamalar diniy-ilmiy, falsafiy va axloqiy ma’nolarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularning asardagi kontekstda tutgan o‘rni va u orqali berilgan tushunchaning semantik yuklamasi yoritiladi.

Keywords: So‘fi Olloyor, Sabotul ojizin, ilmiy atamalar, morfologik tahlil, semantik tahlil, diniy terminlar, tasavvuf, o‘zbek tili, klassik adabiyot, ma’rifat.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor