QON AYLANISH MUAMMOLARI. ARTERIAL BOSIM

20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.

Keywords: - Qon aylanish tizimi, Arterial bosim, Gipertoniya, Gipotoniya, Qon tomirlari, Yurak faoliyati, Qon bosimini o'lchash, Dieta va sog'lom ovqatlanish, Stress va psixologik holat, Sog'lom turmush tarzi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor