FANLAR INTEGRATSIYASI VOSITASIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Mazkur maqolada fanlar integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim jarayonida fanlararo integratsiya yondashuvi o‘qituvchilardan keng bilim doirasi, tizimli fikrlash va innovatsion metodlardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada fanlar integratsiyasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va afzalliklari tahlil qilinadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda integrativ yondashuvning ahamiyati, metodik imkoniyatlari va samarali amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada fanlar integratsiyasi vositasida o‘qituvchilarda pedagogik, metodik, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirishning amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari integratsion yondashuv orqali zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi.

Keywords: Fanlar integratsiyasi, kasbiy kompetensiya, bo‘lajak o‘qituvchilar, integrativ yondashuv, integrativ ta’lim, pedagogik tayyorgarlik, zamonaviy ta’lim, pedagogik kompetensiya, metodik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, axborot-kommunikatsion kompetensiya, refleksiv kompetensiya, kasbiy refleksiya, innovatsion yondashuv.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor