20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik holati, ularning duch keladigan asosiy muammolari hamda ularga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlarning maqsadi, vazifalari va shakllari keng yoritilgan. Psixologik yordamning individual, oilaviy va guruhiy shakllari, shuningdek, krizis holatlarida va masofaviy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy va ruhiy farovonligini ta’minlashda psixologik xizmatlarning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Keywords: Kam ta’minlangan oila, psixologik yordam, individual maslahat, oilaviy psixoterapiya, stress, ruhiy salomatlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar psixologiyasi.