20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorga chiqish jarayonida duch kelayotgan asosiy muammolari — resurs yetishmovchiligi, raqobatbardoshlik darajasining pastligi, eksport salohiyatining cheklangani — chuqur tahlil qilinadi. Shu muammolar yechimi sifatida maqolada OEM (Original Equipment Manufacturer) strategiyasi ilgari suriladi va uning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy kompaniyalar OEM modeliga o‘tish orqali xalqaro bozorda faol ishtirok etish, investitsiya jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maqolada strategiyani muvaffaqiyatli joriy etish uchun zarur bo‘lgan muhit, siyosiy yondashuv va tizimli yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.
Keywords: OEM strategiyasi, mahalliy brend, xalqaro bozor, eksport salohiyati, original uskunalar ishlab chiqaruvchisi, O'zbekistonda ishlab chiqarish, xususiy markalash, brending, xalqaro hamkorlik, iqtisodiy barqarorlik, tashqi savdo, sanoatni rivojlantirish, raqobatbardoshlik, Artel kompaniyasi, markali mahsulotlar.