O'ZBEKISTONDA KONSTITUTSIYAVIY SUDGA FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: QIYOSIY HUQUQIY TAHLIL

19.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining huquqiy asoslari, protsessual talablari va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining normalari tahlil qilinib, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda faqat qonunlarga qarshi shikoyat qilish imkonini beruvchi qisman konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etilgan bo‘lib, bu tizimning qamrovi va foydalanish imkoniyatlari xalqaro standartlarga, xususan, Venetsiya komissiyasi tavsiyalariga moslashtirishni talab qiladi. Takliflar orasida to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat modelini joriy etish va protsessual samaradorlikni oshirish kiradi.

Keywords: Konstitutsiyaviy shikoyat, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi, huquqiy islohot, qiyosiy huquq, konstitutsiyaviy adolat.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor