19.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada uyg‘ur va o‘zbek xalq maqom san’ati o‘rtasidagi mushtarakliklar tarixiy, madaniy va musiqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ikki xalqning maqom merosida mavjud bo‘lgan ohangdorlik, uslub, ijro shakllari va cholg‘u asboblaridagi o‘xshashliklar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqomlarning rivojlanishiga ta’sir etgan umumiy tarixiy-madaniy omillar, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va avloddan avlodga o‘tish mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola Sharq musiqiy an’analarining integratsiyalashuvi va madaniy almashinuvi nuqtai nazaridan ham dolzarb ahamiyatga ega.
Keywords: uyg‘ur O‘n ikki maqomi, “Rost”, “Navo”, “Segoh”, “Bayot”, falsafiy qarashlar, Sufiylik falsafasi.