YASHIL MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI VA ULARNING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI: O'ZBEKISTON MISOLIDA

16.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishiga moslashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yangi moliyaviy vositalarni joriy etmoqda. Maqolada yashil obligatsiyalar, subsidiyalangan kreditlar, xalqaro grantlar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali iqtisodiyotni "yashillashtirish" imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish loyihalari, ularning yalpi ichki mahsulotga, bandlik darajasiga va investitsiya muhiti sifatiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, mavjud institutsional muammolar va istiqbolli yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords: yashil moliyalashtirish, barqaror rivojlanish, yashil investitsiyalar, yashil obligatsiyalar, ESG ko‘rsatkichlari, qayta tiklanuvchi energiya, iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston, ekologik xavfsizlik, moliyaviy innovatsiyalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor