12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini darsga jalb qilishda muammoli ta’lim metodlarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida turli muammoli metodlar — muammoli savollar, aqliy hujum, rolli o‘yinlar va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan faolligi va qiziqishi qanday oshishi ko‘rib chiqildi. Tajriba darslari asosida aniqlanishicha, muammoli metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, savol berish va ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Mazkur maqolada amaliy dars ishlanmasi, metodlar turlari va ularning qulayligi haqida konkret misollar keltirilib, boshlang‘ich ta’limda ushbu yondashuvni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Keywords: muammoli ta’lim, boshlang‘ich sinf, darsga qiziqish, faol o‘quvchi, ta’lim metodlari.