12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida talabalarning kreativ tafakkurini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Bugungi kunda taʼlim jarayoniga raqamli vositalarning keng joriy etilishi talabalarda mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, yangi gʻoyalarni ilgari surish va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada raqamli taʼlim platformalari, sunʼiy intellekt asosidagi dasturlar, virtual haqiqat va boshqa interaktiv texnologiyalarning kreativ tafakkurga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talabalarning innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Keywords: raqamli texnologiyalar, kreativ tafakkur, taʼlim, innovatsiya, interaktiv vositalar, mustaqil fikrlash, sunʼiy intellect.