12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazorati bo‘yicha vazifa va funksiyalarini yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) asosida tahlil qilgan. Tadqiqotda Senatning qonun ijrosini monitoring qilish, parlament so‘rovlari, tinglovlar va maxsus komissiyalar orqali nazorat mexanizmlari o‘rganilgan. Yangi Konstitutsiya doirasida Senat vakolatlarining kengayishi, xususan, parlament tekshiruvi institutining joriy etilishi tahlil qilingan. Maqola nazorat jarayonidagi muammolarni aniqlab, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bergan.
Keywords: Oliy Majlis Senati, parlament nazorati, ijro hokimiyati, Konstitutsiya, parlament so‘rovi, parlament tekshiruvi, qonun ijrosi, demokratik boshqaruv.