12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada offshor kompaniyalarining xalqaro xususiy huquq doirasidagi huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni (lex societatis) aniqlovchi ikkita asosiy yondashuv — inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasining (real seat theory) nazariy hamda amaliy tafovutlariga qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, keys-tahlil va doktrinal yondashuvlar orqali offshor yurisdiktsiyalarning huquqiy xususiyatlari, xalqaro sud amaliyoti va O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartiblar tahlil qilinadi.
Keywords: Offshor kompaniyalar, xalqaro xususiy huquq, inkorporatsiya nazariyasi, asosiy faoliyat joyi nazariyasi, lex societatis, yuridik maqom, huquqiy tan olish, kollizion norma, O‘zbekiston qonunchiligi, huquqiy javobgarlik.