09.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: Turkiston, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik siyosati, tarixiy manbalar, jadidchilik, siyosiy islohotlar, matbuot, ijtimoiy o‘zgarishlar, 1867–1917-yillar.