XVI YUZ YILLIKDA BUXORO VA ROSSIYA DIPLOMATIK MUNOSABATLARI TARIXI

09.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Mazkur maqolada XVI yuz yillikning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasida rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalarining shakllanishi, rivojlanishi va mazmun-mohiyati mahalliy hamda rus manbalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, 1558–1559 yillarda Antoniy Jenkinson boshchiligidagi ingliz elchiligining Buxoroga safari, 1563–1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga yuborilgan elchilarning qabul qilinishi, 1583-yilda Buxorodan Moskvaga yuborilgan elchilik missiyasi hamda boshqa diplomatik aloqalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada Hofiz Tanish al-Buxoriy tomonidan yozilgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) kabi mahalliy tarixiy manbalar va S.V. Jukovskiy, St. Russov, N. Veselovskiy kabi rus mualliflarining tadqiqotlari asosida o‘sha davrdagi elchilik missiyalari, savdo aloqalari, siyosiy manfaatlar va ularning O‘rta Osiyo-Rossiya munosabatlari tarixidagi o‘rni o‘rganiladi. Ayniqsa, Jenkinsonning safar xotiralari va u tomonidan berilgan ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflar tanqidiy tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu davrda O‘rta Osiyo xonliklarining xalqaro savdo tizimida tutgan o‘rni va Rossiyaning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi doirasidagi siyosiy harakatlari ham yoritiladi.

Keywords: Buxoro xonligi, Rossiya, Antoniy Jenkinson, elchilik aloqalari, savdo munosabatlari, tarixiy manbalar, XVI yuz yillik, diplomatiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor