YORUG'LIK INTERFRENSIYASI VA DIFRAKSIYASI. YORUG'LIK DISPERSIYASI

30.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada yorugʻlikning asosiy to‘lqin xossalari interferensiya, difraksiya va dispersiya hodisalari tahlil qilinadi. Interferensiya yorugʻlik to‘lqinlarining bir-biriga qoʻshilishi orqali hosil bo‘ladigan kuchayish va susayish hodisasi hisoblanadi. Difraksiya esa yorugʻlikning to‘siqlardan o‘tganda egilishi va tarqalishini ifodalaydi. Dispersiya esa yorugʻlikning to‘lqin uzunligiga qarab har xil burchaklarda yoyilishini, ya’ni ranglarga ajralishini anglatadi. Bu hodisalar fizikadagi optika bo‘limining muhim qismlaridan bo‘lib, turli ilmiy va texnik sohalarda tibbiyotda, aloqa texnologiyalarida, lazer tizimlarida, optik asboblardagi qo‘llanmalarga ega. Maqola davomida nazariy tushunchalar, formulalar, tarixiy kashfiyotlar va amaliy tajriba misollariga asoslanilgan. Shuningdek, bu mavzu orqali talabalarda yorugʻlikning to‘lqin xossalari haqidagi bilimlar chuqurlashadi va fanlararo bogʻliqliklarni tushunish ko‘nikmalari shakllanadi.

Keywords: Yorugʻlik toʻlqini, Interferensiya, Difraksiya, Dispersiya, To‘lqin uzunligi, Chastota, Konstruktiv interferensiya, Destruktiv interferensiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor