22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda mental arifmetikaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aqliy rivojlanish, diqqatni jamlash va tez fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mental arifmetikaning ta’siri asoslangan. Asosiy qismda to‘rt yechilgan masala orqali mazkur metodikaning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi.
Keywords: Mental arifmetika, boshlang‘ich ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, matematik savodxonlik, tez fikrlash.