22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.
Keywords: Boshlang‘ich ta’lim, badiiy matn, tahlil, integrativ yondashuv, fanlararo integratsiya, metodika, og‘zaki nutq, estetik did, tahliliy fikrlash.