22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini baholashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan foyda va rentabellik ko'rsatkichlarini tahlil qilish metodologiyasi va amaliyoti o'rganilgan. Tadqiqotda rentabellikning asosiy ko'rsatkichlari, jumladan aktivlar rentabelligi (ROA), kapital rentabelligi (ROE), sof foiz marjasi (NIM) va xarajatlar koeffitsienti kabi indikatorlar o'rganilgan. Tahlil natijalariga ko'ra, bank rentabelligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan va samaradorlikni oshirish yo'nalishlari taklif etilgan.
Keywords: tijorat banklari, rentabellik, ROA, ROE, foyda marjasi, moliyaviy tahlil, bank samaradorligi.