CHO‘LPON HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZGA XOS JIHATLARNING AKS ETISHI

22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Cho‘lponning "Oydin kechalarda" va "Qor qo‘ynida lola" hikoyalarida xalqimizning milliy urf-odatlari, qaynona-kelin munosabatlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni, oiladagi mehr-oqibat va hurmat kabi qadriyatlar aks ettiriladi. Mustamlakachilik, ichkilikbozlik, axloqiy inqiroz fosh etilib, ijtimoiy muammolar ko‘tariladi. Adib hikoyalarida o’tmishdagi illatlarning inson taqdiriga bo’lgan salbiy ta’sirini ishonarli va hayotiy tasvirlaydi, mehr-oqibat, sabr-toqat va ma’suliyat tamoyillarini yuksak badiiy mahorat bilan ochib beradi. Adib hikoyada muammolarning kelib chiqish sabablarini ko’rsatish bilan birga uning oqibatidan to’g’ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Tadqiqot natijasida Cho‘lpon hikoyalarining badiiy-estetik va ijtimoiy ahamiyati aniqlanadi. Syujet, badiiy vositalar va qahramonlarning ichki kechinmalari o‘rganiladi. Cho‘lpon hikoyalarida milliy qadriyatlarimizning aks etishi badiiy jihatdan chuqur, ramziy va turli qirralarda namoyon bo‘ladi.

Keywords: hikoya, qadriyat, oila, e’tiqod, syujet, ijtimoiy tenglik, jonli turmush.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor