INSON HUQUQLARI HIMOYASI: GLOBAL TALABLAR VA MAHALLIY AMALIYOTLAR

22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Globallashuv shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib kelmoqda. Davlat uning tarkibida xalq bo‘lganligi uchun ham davlat hisoblanadi. Agarda u o‘z hududidagi insonlarning huquqlarini himoya qilolmasa va insonlarga huquqlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlay olmasa uning davlatchiligiga ziyon yetishi aniq. Shuning uchun ham inson manfaatlari oliy o‘ringa qo‘yilmoqda. Hech narsa undan ustun bo‘lishi mumkin emas. Dunyo mamlakatlarining ichki va tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida mustahkamlash bo‘lib kelmoqda va bu tamoyilni amalga oshirish uchun bir qancha sa’y- harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning, bolalarning, yoshlarning, keksalar va nogironlarning manfaatlari milliy konstitutsiyalarda va xalqaro hujjatlarda mustahkamlandi. Bunga zid harakatlarni amalga oshirganlar va inson huquqlarini poymol qilganlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqdalar.

Keywords: Inson hquqlari, BMT, Ombudsman, genotsid, odam savdosi, bola huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, demokratiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor