19.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Maqolada sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion modellarni qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati o‘rganiladi. Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida korxonalar o‘z ustunliklarini saqlab qolish va mustahkamlash uchun yangi innovatsion yondashuvlarga tayanishi zarur. Xususan, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, raqamli transformatsiya, yashil innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirish kabi innovatsion modellar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu modellarni joriy etish jarayonida uchraydigan tizimli muammolar, ularning yechimlari hamda mahalliy sanoat korxonalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar yoritilgan. Shuningdek, maqolada innovatsion modelning muvaffaqiyatli amal qilishi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, texnologik va inson resurslari infratuzilmasi talablari ham tahlil qilingan.
Keywords: Innovatsion model, raqobatbardoshlik, sanoat korxonasi, raqamli transformatsiya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI), texnologik modernizatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion infratuzilma, strategik rivojlanish, innovatsion faoliyat.