15.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada 15–17 yoshli sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda murabbiylarning metodik yondashuvlari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tezkor-kuch sifatining mazmuni, uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar, kuzatuvlar asosidagi natijalar va amaliy tavsiyalar yoritilgan. Tadqiqotlar natijasi murabbiylik jarayonida individual yondashuvning yuqori samara berishini ko‘rsatdi.
Keywords: sambochi qizlar, tezkor-kuch, mashg‘ulot metodikasi, murabbiy yondashuvi, jismoniy sifatlar.