SAYLOV TIZIMINI TASHKIL ETISH: O‘ZBEKISTONNING SAYLOV HUQUQIDAGI MUHIM TENDENSIYALARI

12.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimini tahlil qiladi, uning huquqiy asoslari, amaliy jarayonlari, ijobiy tomonlari va muammolarini yoritadi. Tadqiqotda saylov qonunlarining rivojlanishi, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, saylov shaffofligi va raqobatbardoshligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar tizimlari, shu jumladan ovoz berish usullari, saylov komissiyalarining faoliyati va saylov natijalariga ishonchlilik darajasi baholanadi. Maqolada O‘zbekiston saylov tizimi AQSh, Germaniya kabi rivojlangan demokratiya davlatlarning saylov tizimlari bilan solishtiriladi. Xalqaro tajriba asosida saylov qonunchiligini takomillashtirish, saylov shaffofligini oshirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotdan ko’zlangan asosiy maqsad saylov jarayonini huquqiy asoslarini takomillashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun g’oyalar berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida milliy qonunchilikda qo’llanilayotgan saylov tashkil etish usuli, saylov va uni tashkil etish to’g’risidagi qarashlar, amaliyot va qonunchilik hujjatlari: tahlil, funksional, tuzilmaviy, qiyosiy va boshqa usullar vositasida tadqiq etildi.

Keywords: saylov, yalpi ovoz, referendum, konstitutsiya, demokratiya, partiyalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor