11.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada chet tillaridan yapon tiliga transkripsiyalash jarayonining lingvistik asoslari, usullari va muammolari tahlil qilinadi. Ayniqsa, fonetik va grafemik tafovutlar, yapon yozuv tizimining o‘ziga xos bo‘lgan cheklovlari, transkripsiya vaqtida sodir bo‘ladigan fonologik adaptatsiyalar chuqur ko‘rib chiqiladi. Misollar orqali chet so‘zlarining katakana yozuvida aks etishi va yapon talaffuziga moslashtirilish jarayoni yoritiladi. Maqola transkripsiya jarayonining tilshunoslikdagi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini ochib beradi.
Keywords: transkripsiya, yapon tili, katakana, fonetik moslashuv, chet tillar, fonologik adaptatsiya, yozuv tizimi, tilshunoslik.