MAKTABLARDA MUSIQA MADANIYATI DARSIDA TEATR SAN'ATI MAVZUSINI O'QITISH USULLARI

28.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Mazkur maqola, maktablarda musiqa madaniyati darslarida teatr san’ati mavzusini o’qitish usullarini ko’rib chiqadi. Teatr va musiqa san’ati o’rtasidagi o’zaro aloqalar, o’quvchilarga san’atni yanada chuqurroq tushunishga yordam beruvchi muhim metodik yondashuvlar taqdim etiladi. Dars jarayonida teatr elementlarini musiqa darslariga integratsiya qilish, o’quvchilarga musiqiy asarlarning dramatik tuzilishini va sahnada ijro etilishini tushuntirish, shuningdek, teatr yordamida musiqaning dramatik va hissiy ta’sirini ochib berishning samarali usullari tavsiflanadi. Maqola, san’atning ikki asosiy turi — teatr va musiqani o’zaro bog’lash orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlashini va emotsional rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalarni taqdim etadi.

Keywords: Musiqa madaniyati, teatr san’ati, o’qitish usullari, san’atni integratsiya qilish, dramatik tuzilma, musiqiy asarlar, ijodiy rivojlanish, hissiy izlanish, teatr uslublari, amaliy mashg’ulotlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor