26.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada suv resurslarini samaradorligini oshirish loyihalarini boshqarish masalalari ko'rib chiqiladi. Suv resurslarining cheklanganligi va ulardan samarali foydalanish zaruriyati hozirgi kunda global muammoga aylangan. Maqolada suv resurslarini boshqarish loyihalarining metodologik asoslari, adabiyotlar tahlili, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, integratsiyalashgan suv resurslari boshqaruvi (ISRB) va raqamli texnologiyalarni joriy etish suv resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan.
Keywords: suv resurslari, loyiha boshqaruvi, samaradorlik, integratsiyalashgan suv resurslari boshqaruvi, raqamli texnologiyalar.