20.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada bank sektoridagi moliyaviy innovatsiyalar va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Moliyaviy innovatsiyalar bank xizmatlarini avtomatlashtirish, xavfsizligini oshirish va mijozlarga qulay sharoit yaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada raqamli bank xizmatlari, blokcheyn texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va ochiq bank tizimi kabi zamonaviy innovatsion yondashuvlar muhokama qilinadi. Shuningdek, bank sektorida moliyaviy innovatsiyalarni yanada rivojlantirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar, jumladan, raqamli infratuzilmani takomillashtirish, yangi moliyaviy mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish, regulyator siyosatini moslashtirish va fintech kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlanadi. Maqola bank tizimida zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish orqali moliyaviy xizmatlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Keywords: Moliyaviy innovatsiyalar, bank sektori, raqamli bank xizmatlari, blokcheyn, sun’iy intellekt, Big Data, ochiq bank tizimi, fintech, moliyaviy texnologiyalar, kiberxavfsizlik, avtomatlashtirish, regulyator siyosati, risklarni boshqarish, raqamli infratuzilma.