19.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqola bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo`layotgan tilning o'zgarishini tahlil qiladi. Maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning so'zlashuv tiliga ta'siri, yangi so'zlar, qisqartmalar va emojilar kabi unsurlarni qanday shakllanishi, hamda tilning yangi shakllarining yuzaga kelishi ko'rib chiqiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda til o'zgarishining ijtimoiy va madaniy jihatlari, shuningdek, yoshlar orasida tez tarqalgan til o'zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Tahlil qilishda, zamonaviy aloqa vositalarining tilni qanday shakllantirishi va so'zlashuvda qanday o'zgarishlar yuz berishi o’rganiladi.
Keywords: Internet, ijtimoiy tarmoqlar, til o'zgarishi, emojilar, qisqartmalar, yangi so'zlar.