PARALINGVISTIK VOSITALAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

15.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada paralingvistik vositalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘quvchilar ishtirokida olib borilgan kuzatish, so‘rovnoma va pedagogik eksperiment natijalariga asoslangan. Paralingvistik vositalarning (mimika, jest, imo-ishoralar, ovoz ohangdorligi, nutq tempi, makon munosabatlari) qo‘llanilishi o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini faollashtirishi aniqlangan. Tadqiqot natijasida paralingvistik vositalardan foydalanishning samarali metodikasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Yakuniy natijalar paralingvistik vositalarning boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi samaradorligini tasdiqlovchi ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Keywords: paralingvistik vositalar, boshlang‘ich ta’lim, fikrlash qobiliyati, nonutqiy muloqot, mimika, jest, ovoz ohangdorligi, pedagogik eksperiment.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor