26.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Maqolada shaxsdagi individual xulq-atvor shakllanishida irsiyat va fenomenal xususiyatlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda genetik omillar, shaxsning biologik bazasi va irsiyatning shaxsiy rivojlanishdagi o‘rni, shuningdek, atrof-muhit va tajriba orqali shakllanadigan fenomenal xususiyatlar yoritilgan. Nazariy va empirik yondashuvlar asosida, maqola shaxsiyatning murakkab strukturasi va uning rivojlanishida irsiyat va fenomenal omillarning integratsion rolini ko‘rsatib beradi. Ushbu yondashuv shaxsiyat psixologiyasi, rivojlanish nazariyasi va genetik tadqiqotlarda yangi qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Keywords: irsiyat, fenomenal xususiyatlar, individual xulq-atvor, shaxsiy rivojlanish, genetik omillar, psixologik xususiyatlar.