22.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarga retrovirusga qarshi terapiya jarayonida hamshiralar tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy va psixologik yordamning ahamiyati yoritiladi. Hamshiralar bemorlarning dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilishini ta’minlash, ularning salomatligini kuzatish, muqobil tibbiy yordam ko‘rsatish va psixologik qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada hamshiralarning kasallik profilaktikasi, infeksiyaning tarqalishini oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimidagi hamshiralar faoliyatini takomillashtirish hamda OIV bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Keywords: OIV, OITS, Retrovirus, Retrovirusga qarshi terapiya, Kasallik, Immunitet.