PEDAGOG KASBIY KOMPETENTLIGINING TARKIBI

20.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2

Abstract. Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda moslashish kabi imkoniyatlaridir. Pedagoglarning kasbiy kompetentligi tuzilishini tahlil qilar ekanmiz, ko‘pchilik tadqiqotchilar kasbiy kompetentlikni ta’limning funksional tuzilishi sifatida, uning tarkibiga o‘qituvchining bilimi va mahorati uzviyligi hamda kasb-kor bo‘yicha malakasi aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshiradigan faoliyati, deb baho beradilar. Ammo bilim va mahorat kabi tushunchalarga nisbatan kompetensiya o‘ta moslashuvchan, bulg‘usi yangilanishlar asosi, yangi dolzarb axborotlarni qayta ishlashi va amaliy faoliyatida qo‘llashi bilan farq qiladi. Shunday bo‘lsa ham, kompetentlikning o‘zagi pedagogning shaxsiy sifatlari, uning yo‘naltirilganligi, maqsadi, umuminsoniylik qadriyatlari, sharoitga moslasha olish qobiliyati, o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda rang baranglik, turli-tuman o‘zgarishlar kiritishga o‘ta mos va munosiblikni ta’minlashi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Keywords: O‘z­o‘ziga, shaxs sifatida, hayot faoliyati sub’ekti sifatida munosabatda bo‘ladigan kompetensiyalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor