13.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada shu maqsadda, shuning uchun, shu bois, shu sababli, shuning natijasida, shu tarzda, shu tariqa, shunday qilib, shu ma’noda, shu bilan birga, shu jumladan, buning uchun, bundan tashqari, bizga ma’lumki kabi olmoshli birikmalarning ilmiy matnlarda qo‘llanilishi o‘rganilgan. Bu birikmalarning qisqalik va mantiqiy izchillikni ta’minlash, fikrni boshlash yoki ta’kidlab ko‘rsatish, jumla, abzas va mikromatnlarni bog‘lash kabi bir qancha vazifalari ilmiy matnga xos misollar asosida tadqiq etilgan.
Keywords: olmoshli birikmalar, ilmiy uslub, umumlashtiruvchi bo‘lak, ajratilgan bo‘lak, bog‘lovchi vosita.