13.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Frazeologizmlar va maxsus ifodalarning ahamiyati: Frazeologizmlar tilning boyligi va o’ziga xosligini namoyon etuvchi vositalar bo’lib, badiiy asarlarda obrazlilikni oshiradi. Ushbu ifodalar muayyan madaniyat va jamiyatning o’ziga xos dunyoqarashini aks ettiradi. “O’tkan kunlar” romanidagi frazeologizmlar. Abdulla Qodiriy o’z asarida xalqona iboralar va frazeologik birikmalardan keng foydalanib, asarni yanada jonli va ta’sirli qilgan. Yusufbek hoji va Hasanali obrazlari orqali ota-bola munosabatlari, do’stlik va madaniy hayotning ko’rinishlari aks ettirilgan. [извлеченоотhttps://journal.buxdu,2019] Marcel Pagnolning “La Gloire de mon Père” asarida Fransuz madaniyati va tilining o’ziga xosligini aks ettiruvchi frazeologizmlar oila, tabiat va bolalik haqidagi tasvirlarda namoyon bo’ladi. Muallif xalqona iboralardan foydalanib, oilaviy qadriyatlar va insoniy his-tuyg’ularni jonli ifoda qilib bergan.
Keywords: frazeologizm, ibora, timsol, madaniyat, shaxs, xalqona, adabiyot, yo’nalish, ota obrazi.