25.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Bugungi kunda kattalar va bolalar organizmlarining anatomik farqlari ularning rivojlanish darajasi va fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Bolalar organizmi suyaklar, mushaklar, nafas olish, qon aylanish, hazm qilish, nerv, immun tizimlari va teri tuzilishi bo‘yicha o‘ziga xos farqlarga ega. Bolalarda suyaklar elastikroq, o‘sish zonalari mavjud, nafas olish tez-tez va yuzasi kichikroq bo‘ladi, yurak urishi va metabolizm yuqori darajada faol bo‘lib, immun tizimi hali to‘liq shakllanmagan. Kattalarda esa barcha organlar va tizimlar to‘liq rivojlangan bo‘lib, funksiyalari barqarorlashgan. Ushbu farqlar bolalar va kattalarning sog‘lig‘ini nazorat qilishda hamda davolashda alohida yondashuvni talab qiladi.
Keywords: Bolalar anatomiyasi, kattalar fiziologiyasi, organlarning rivojlanishi, suyaklar elastikligi, o‘sish zonalari, yurak urish tezligi, teri xususiyatlari, o‘pkalar hajmi, immunitet, modda almashinuvi, reflekslar, rivojlanish bosqichlari, fiziologik o‘zgarishlar, bolalar va kattalar salomatligi.