FOND BOZORI SAVDO TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

25.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Maqolada fond bozori savdo tizimlarini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Avvalo, raqamlashtirish va avtomatlashtirishning ahamiyati, xususan, zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalar, blockchain va sun'iy intellekt asosida savdo tizimlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy ma’lumotlarni ochiq e'lon qilish va investorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishning zaruriyati ta’kidlangan. Maqolada qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali bozorni boshqarish va ishtirokchilarning huquqiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Bozorni diversifikatsiya qilish maqsadida yangi moliyaviy instrumentlarni, jumladan ekologik obligatsiyalar va raqamli aktivlarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bozor ishtirokchilari va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va hamkorlikni rivojlantirish orqali bozorning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqola davomida fond bozorining zamonaviy savdo tizimlarini rivojlantirishning mamlakat iqtisodiy barqarorligi va kapitalni samarali taqsimlashdagi o‘rni yoritib berilgan. Ushbu tadqiqot fond bozori ishtirokchilari, davlat organlari va investitsiya faoliyatini rivojlantirishga qiziquvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bozorning kelgusidagi rivojlanishi uchun ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.

Keywords: fond bozori, savdo tizimlari, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, blockchain, sun'iy intellekt, shaffoflik, qonunchilik bazasi, moliyaviy instrumentlar, xalqaro hamkorlik, iqtisodiy barqarorlik, investitsiya, diversifikatsiya, moliyaviy savodxonlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor