20.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada banklar kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Banklarning iqtisodiy o‘sishdagi roli va ularning kredit siyosatini samarali tashkil etish muhimligi asoslab beriladi. Kredit siyosatini shakllantirishda bozor sharoitlari, mijozlarning to‘lov qobiliyati, risklarni boshqarish tizimlari va davlat tartibotining ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribaga asoslangan ilg‘or yondashuvlar va kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Ushbu tadqiqot banklarning kredit portfeli sifatini oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan.
Keywords: banklar, kredit siyosati, risklarni boshqarish, iqtisodiy samaradorlik, moliyaviy barqarorlik.