LIBOS DIZAYNIDA O'LCHOVLI GRAFIK DASTURLARINING KELAJAGI

20.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Maqolada libos dizayni sohasida o‘lchovli grafik dasturlarining roli va kelajagi yoritilgan. Shuningdek, dasturlarning innovatsion texnologiyalar bilan integratsiyasi, jumladan, sun‘iy intellekt, AR/VR texnologiyalari, 3D printerlar va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan, o‘lchovli grafik dasturlarning ekologik omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘shgan hissasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur dasturlarning kelgusida moda industriyasini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi asoslab berilgan.

Keywords: aniqlik, detallashtirish, shaxsiylashtirish, vizuallashtirish, 3D modellashtirish, sun‘iy intellekt, Augmented Reality (AR), Virtual Reality (VR), 3D-printerlar, integratsiya, Blokcheyn texnologiyalari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor