16.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Maqola tarix fanining jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tarixiy bilimlarning milliy o‘zlikni shakllantirish, madaniy merosni saqlash va ijtimoiy birdamlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tarix fanining iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga, xalqaro munosabatlarning shakllanishiga qo‘shgan hissasi misollar asosida asoslab berilgan. Tadqiqotda tarix fanining ta’lim tizimidagi roli va uni majburiy fan sifatida o‘qitish zaruriyati muhokama qilingan. Maqolada tarixiy saboqlardan kelajakni rejalashtirishda foydalanishning dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Ushbu mavzuni o‘rganishda turli xil metodologik yondashuvlar qo‘llanilgan bo‘lib, ular tarix fanining turli sohalardagi ahamiyatini ochib berishga yordam berdi.
Keywords: Tarix fani, jamiyat taraqqiyoti, milliy o‘zlik, madaniy meros, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish, ta’lim tizimi, tarixiy saboqlar, tarixiy xotira, global masalalar.