1945-1991 YILLARDA TOSHKENT SHAHRINING IJTIMOIY HAYOTI

15.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Mazkur maqolada Toshkent shahrining 1945-1991 yillar oralig‘idagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi tahlil qilinadi. Urushdan keyingi tiklanish jarayonlari, shahar sanoati va urbanizatsiyasining jadallashishi, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan siyosatning ijobiy va salbiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada 1966-yilgi zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish jarayonlari, Toshkent metropoliteni qurilishi hamda transport va infratuzilmaning rivojlanishi kabi mavzular keng ko‘lamda yoritilgan. Shahar ta’limi, sog‘liqni saqlash tizimi va madaniy hayotdagi yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham tahlil qilingan. Ushbu davr Toshkentni nafaqat mahalliy, balki Markaziy Osiyoning muhim strategik markazi sifatida shakllanishida alohida ahamiyat kasb etganligi bilan xarakterlanadi.

Keywords: Ikkinchi Jahon urushi, ijtimoiy rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish, urbanizatsiya, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi, sanoat korxonalari, mashinasozlik, Toshkent metropoliteni, yo‘llar va transport rivoji, sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim tizimi, Uy-joy ta’minoti, kommunizm, oziq-ovqat taqchilligi, ishchi kuchi, madaniyat, sport, qog‘ozbozlik, kasb-hunar o‘rganish markazlari, arxitektura, shaharsozlik, kommunal xizmatlar, shifoxonalar, poliklinikalar, pedagogik islohotlar, malaka oshirish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor