14.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarini boshqarishda raqamlashtirishning ahamiyati va imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning, jumladan, BIM, IoT va sun’iy intellektning qo‘llanilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va ma’lumotlarni real vaqt rejimida boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan kadrlar malakasi, texnik infratuzilma va huquqiy me’yorlar bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Raqamlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kadrlarni tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan.
Keywords: qurilish sanoati, raqamlashtirish, boshqaruv, Building Information Modeling (BIM), Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt (AI), samaradorlik, resurslar boshqaruvi, texnik infratuzilma, kadrlar malakasi.