14.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Mazkur maqola ta’limni raqamlashtirish jarayonlarida pedagog kadrlarning malakasini oshirish masalalarini yoritadi. Ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, masofaviy o‘qitish platformalari, aralash ta’lim yondashuvlari va sun’iy intellekt vositalari muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Xorijiy tajriba va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar misolida raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan tavsiyalar pedagog kadrlarning raqamli savodxonligini oshirish va ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Keywords: Ta’limni raqamlashtirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim, aralash ta’lim, sun’iy intellekt, ta’lim sifati, raqamli savodxonlik, innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston ta’lim tizimi.