JIGAR O'SMALARI VA ULARNING PATOLORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

14.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Ushbu maqolada jigar oʻsmalari, yoki jigar saratoni, jigar to'qimalarida paydo bo'ladigan o'smalarni anglatadi. Ushbu o'smalar jigarning dastlabki o'smalari yoki boshqa organlardan jigarga tarqalgan metastatik o'smalar sifatida tasniflanishi mumkin. Jigar oʻsmalarining patolorfologik xususiyatlari, shuningdek, ularning rivojlanish bosqichlari va hujayra tuzilishi haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Jigar saratoni global miqyosda salomatlik muammolaridan biri bo'lib, uning yuqori o'lim darajasi va erta aniqlanishidagi qiyinchiliklar ushbu tadqiqotning dolzarbligini oshiradi. Jigar oʻsmalari bilan bog'liq asosiy muammolar orasida ularning erta aniqlanishi, davolash usullarining samaradorligi va bemorlarda o'smalarni kuzatishning qiyinchiliklari mavjud. Ko'plab bemorlar jigar saratonining erta bosqichlarida belgilarsiz rivojlanayotgan o'smalarga ega bo'lishi sababli, uni erta aniqlash juda qiyin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, yiliga taxminan 900,000 odam jigar saratonidan vafot etadi. Bu o'smalar ko'pincha virusli gepatit va alkogolga bog'liq kasalliklar bilan bog'liq, shuningdek, Xitoyda o'tkazilgan tadqiqotlar jigar saratonining yuqori tarqalishini ko'rsatadi.

Keywords: Jigar oʻsmalari, patologik xususiyatlari, gepatosellyar karzinoma, jigar saratoni, gistologiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor