14.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.
Keywords: “Munozara”, Abdurauf Fitrat, Mijmar, Hurriyat, Chig’atoy adabiyoti, Mahmudxo’ja Behbudiy, ma’rifatparvarlik g’oyalari.