ADABIYOT DARSLARIDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH

08.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Ilmu fan taraqqiyoti ko'z ilg'amas darajada tezlashgan davrda fanlararo integratsiya uzluksiz ta’limni yo'lga qo'yishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Integratsiya atamasi lotincha inlegratio so‘zidan olingan bo'lib qo'shilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Ma’lumotlarni integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo'lgan materiallarni ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishni nazarda tutadi. Integratsiyalashgan ta’lim va fanlararo aloqa bir-birini to‘ldiradigan ikki xil tushuncha. Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bilimlarni o'zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlarni amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida o‘quv fanlari orasida o‘rnatiladigan aloqa nazarda tutiladi. Ushbu maqola orqali adabiyot fanining boshqa fanlar bilan integratsiyalash jarayoni ko‘rib chiqiladi.

Keywords: Muammoning yechimini fanlararo aloqaga asoslangan holda integratsion o'rganish uchun o'qituvchi, avval maqsadni aniq belgilab olishi, o'rganiladigan materialni qayta qarab chiqishi, uning samarali o'zlashtirilishi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor